» » Karmana tumanida yosh oilalarga uy topshirildi

Karmana tumanida yosh oilalarga uy topshirildi


Navoiy viloyati Karmana tumani Talqoq mahallasida yoshlar uchun barpo etilgan uylarning kaliti o‘z egalariga topshirildi. 64 ta xonadonga mo‘ljallangan to‘rt qavatli binoga yosh oilalar ko‘chib kirdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Navoiy viloyatida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlat va jamoat hayotida faol ishtirok etayotgan, fan, ta’lim, madaniyat, sport, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda yuksak natijalarga erishayotgan, respublika hamda xalqaro olimpiadalar, musobaqalar, festivallarda faol qatnashayotgan yoshlarni rag‘batlantirish, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida berilayotgan “Yoshlar uylari” zamonaviy loyihalar asosida qurilgan. Xonadon sohiblariga uyning to‘lovi uchun boshlang‘ich badalsiz, 20 yil muddatga imtiyozli ipoteka krediti ajratiladi.

Zamonaviy turar joy bunyod etilishiga “Zarafshon ovozi” va “SMU-10” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari quruvchilari munosib hissa qo‘shdi. Ko‘p qavatli uylar atrofida “Kitob olami” savdo majmuasi, “Yoshlik” bolalar va o‘smirlar sport maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, bolalar o‘yingohlari, sport maydonchalari, turli savdo inshootlari ham barpo etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2018, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют