» » Chinozda 330 mln so‘mni o‘zlashtirgan Ahmadboyning yana bir izdoshi qo‘lga olindi

Chinozda 330 mln so‘mni o‘zlashtirgan Ahmadboyning yana bir izdoshi qo‘lga olindi


Toshkent viloyatining Chinoz tumanida pullarni ikki barobar qiymatda qaytarib berish va’dasi bilan odamlardan 330 million so‘m olib, ularni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

14-iyun kuni Chinoz tumani IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, ushbu tumanda yashovchi, muqaddam sudlangan K.Y ismli fuqaro 2016-yil may—iyun oylarida “Yangiyo‘l avtobiznes servis MChJ” deb yozilgan soxta tashrif qog‘ozi bilan fuqarolarni ishonchiga kirgan. U odamlardan foiz hisobida pul va qora mollarni ikki barobar qiymatda qaytarib berishni va’da qilgan holda jami 330 500 000 so‘m pullarini olgan va o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan K.Y ga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2018, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 102) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют