» » Tailand qiroli milliardlab dollarga boyiydi

Tailand qiroli milliardlab dollarga boyiydi


Tailand qiroli Maxa Vachiralongkon qirollik oilasining milliardlab dollarga baholangan butun boyligini o‘z ixtiyoriga oladi, biroq u mazkur mablag‘dan soliq to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Xabar berilishicha, Tailand hukumati mamlakatda 1936-yildan beri amalda bo‘lgan qonunni bekor qilgan. Qonunga ko‘ra, qirollik boyligi turli toifadagi aktivlarga bo‘lingan va alohida boshqarilgan. Endi qirol barcha mablag‘larning yagona egasi bo‘ladi.

Avval qirollik aktivlarini boshqargan Crown Property Bureau kompaniyasi qirolning shaxsiy hisob raqamiga Siam Cement Public Company va Siam Commercial Bank Public Company kompaniyalarining yetti milliard dollardan ortiq aksiyasini o‘tkazgan.

Ta’kidlanishicha, bu mablag‘ Tailandning ixtiyoriy fuqarolariga tegishli aksiyalar kabi soliqqa tortiladi.

Qirollik boyligining umumiy miqdori noma’lum, biroq, Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, u 2012-yilda 30 milliard dollarni tashkil qilgan. Agar bu summa to‘g‘ri bo‘lsa, Tailand monarxi dunyodagi eng boy qirollik oilalaridan biri bo‘ladi.

Maxa Vachiralongkon 2016-yil dekabr oyida Tailand qiroli bo‘lgan. U mamlakatni 1782-yildan buyon boshqarayotgan Chakri sulolasining o‘ninchi vakili hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2018, 05:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют