» » Dunyo millionerlari boyligi birinchi marta 70 trillion dollardan oshdi

Dunyo millionerlari boyligi birinchi marta 70 trillion dollardan oshdi


Dunyodagi dollar millionerlari boyligining umumiy miqdori 2017-yilda 10,6 foizga oshdi va birinchi marta 70 trillion dollardan oshdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Yillik World Wealth Report hisobotiga ko‘ra, boy kishilarning (high-net-worth individual, HNWI) soni o‘tgan yilda 1,6 million kishiga yetgan. Yangi millionerlarning to‘rtdan uch qismi Shimoliy Amerika va Osiyo-Tinch okeani hududiga to‘g‘ri kelgan.

O‘tgan yilda millionerlarning boyligi butun dunyo bo‘yicha ko‘paygan. Eng yuqori o‘sish Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, 14,8 foizni tashkil qilgan, ikkinchi o‘rindan 10.3 foiz bilan Shimoliy Amerika joy olgan. Osiyolik boylarning umumiy boyligi miqdori 21,59 trillion dollarga baholangan, Shimoliy amerikalik boylar esa 19,79 trillion dollarga egalik qilsa, yevropalik millionerlar hissasiga 15,85 trillion dollar to‘g‘ri keladi.

Dunyo boylari boyligining qariyb uchdan bir qismi, ya’ni 30,9 foizi aksiyalarda saqlanadi, pul vositalari va ekvivalentlari 27,2 foizni tashkil qilsa, ko‘chmas mulk hissasiga 16,8 foiz to‘g‘ri keladi.

2025-yilga borib, dunyo millionerlarining boyligi 100 trillion dollarga yetishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Bu 2006-yildagi ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘p ko‘rsatkich bo‘ladi.

World Wealth Report 71 ta mamlakatning ma’lumotlaridan foydalanadi. Bu mamlakatlar hissasiga dunyo yalpi milliy daromadining 98 foizi va jahon fond bozori kapitalizatsiyasining 99 foizi to‘g‘ri keladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2018, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют