» » Yangi namunadagi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari 2018-yilning 4 oyi mobaynida 68 mingdan ortiq qoidabuzarlikni aniqladi

Yangi namunadagi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari 2018-yilning 4 oyi mobaynida 68 mingdan ortiq qoidabuzarlikni aniqladi


O‘zbekistonning M39 “Olmaota—Bishkek—Toshkent—Termiz” avtomobil yo‘li va A373 “Toshkent—O‘sh” avtomobil yo‘li hamda 4R12 “Bektemir—Chorbog‘ ” avtomobil yo‘llariga yangi namunadagi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari o‘rnatilib, ishga tushirilganligi haqida haydovchilar ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlari orqali ogohlantirib kelinmoqda. Ushbu ogohlantirishlarga qaramasdan, 2018-yilning 16-fevral kunidan 19-iyun kuniga qadar 68 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Qoidabuzar haydovchilar tomonidan belgilangan jarimalarni to‘lash tartibi, qoidabuzarlik holati, to‘lov amalga oshirilgandan keyingi holati haqidagi savollar ko‘plab kelib tushmoqda. Ushbu savollarning yechimi yuzasidan quyidagi ma’lumotlar taqdim qilinmoqda:

Qoidabuzarlik sodir etilganligi haqidagi ma’lumotni olish uchun, 8860 qisqa raqamiga transport vositasini qayd etish guvohnomasining seriya, raqami SMS orqali yuboriladi, oz muddat ichida SMS orqali qoidabuzarlik haqidagi ma’lumot (sodir etilgan sana va jarima miqdori) keladi;

Qoidabuzarlik bo‘yicha belgilangan jarimalar bank muassasalaridan “Munis” tizimi orqali, plastik kartadan Click, PayMe ilovalari orqali to‘lovlar amalga oshirilishi mumkin.

To‘lovni qay tartibda amalga oshirishidan qat’iy nazar qarzdorligi bo‘yicha chiqarilgan qarorning seriya va raqamlarini to‘liq kiritish lozim. Masalan, qarorning yuqori qismida quyidagi raqam mavjud (RA 00000000001) ushbu raqam kiritilganda transport vositasining davlat raqam belgisi va egasining I.F.Sh hamda qancha jarima to‘lashi kerakligi haqida ma’lumot to‘liq chiqadi va shu tartibda to‘lov amalga oshiriladi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasi talablari asosida 60 kun muddat ichida jarimalarni to‘lamaslik, jarima to‘lagunga qadar transport vositasini jarima maydoniga qo‘yishga asos bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют