» » Qozog‘iston va O‘zbekiston biznes-ombudsmanlari hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

Qozog‘iston va O‘zbekiston biznes-ombudsmanlari hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi


Qozog‘istonning “Atameken” Tadbirkorlar milliy palatasining “Qonun ustuvorligi — Qozog‘iston iqtisodiyotining barqaror taraqqiyoti kafolati” forumi doirasida Qozog‘iston Respublikasi tadbirkorlar huquqlari himoyasi bo‘yicha vakili Bolat Palimbetov va O‘zbekiston Respublikasi Prezideti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil Dilmurod Qosimov o‘rtasida bitim imzolandi. Bu haqda “Atameken” rasmiy saytida xabar berildi.

Hujjat ikki mamlakat o‘rtasida tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish masalasidagi hamkorlikni va axborot almashinuvini ko‘zda tutadi. Tomonlar ishbilarmonlik iqlimini yaxshilash, tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaarlari va huquqlarini himoya qilish bo‘yicha birga ishlamoqchi.

Davlatlarning milliy qonunchiligini to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha maslahat-huquqiy yordam, ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish ham nazarda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют