» » London fond birjasida Samarkand Bonds savdolari yo‘lga qo‘yildi

London fond birjasida Samarkand Bonds savdolari yo‘lga qo‘yildi


20-iyun kuni London fond birjasida Samarkand Bonds Xalqaro moliyaviy korporatsiyasi o‘zbek so‘midagi obligatsiyalari savdosini ishga tushirish bo‘yicha rasmiy marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Obligatsiyalarning umumiy hajmi 80 milliard so‘m (10 million AQSh dollari), qaytarish muddati — ikki yil, kupon stavkasi — yillik 9,5 foiz. Ularni sotishdan tushgan mablag‘lar O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun Hamkorbank’da milliy valyutadagi kredit liniyalarini ochishga yo‘naltiriladi.

London Сity moliya vazirligi vaziri Jon Glen o‘zbek valyutasidagi bondlarning muvaffaqiyatli joylashtirilishini “chinakam tarixiy hodisa” deb atadi.

O‘zbekistondagi investitsiyaviy imkoniyatlar va mamlakatning xalqaro kapital bozoriga chiqishiga bag‘ishlangan “doira suhbati” bo‘lib o‘tdi. Tadbirda investitsiya banklari va fondlari, xalqaro moliyaviy institutlar, Britaniyaning ishchi va rasmiy doiralarining 60 ga yaqin vakili qatnashdi.

Xalqaro investorlar mamlakatning suveren reytingni qo‘lga kiritish, davlat obligatsiyalari va korporativ bondlarni chiqarish bo‘yicha rejalari bilan qiziqdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2018, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют