» » Los-Anjelesda “Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Los-Anjelesda “Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi


AQShning Los-Anjeles shahrida Sharqning buyuk mutafakkiri va Movarounnahr hukmdori Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy merosi haqida hikoya qiluvchi “Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” tarixiy hujjatli filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Karimov fondining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Ushbu film Lola Karimova-Tillayeva va uning turmush o‘rtog‘i Timur Tillayev prodyuserligi ostida rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev tomonidan suratga olingan.

Los-Anjelesdagi taqdimotda 1969-yilda “Apollon 11” missiyasi doirasida Oy yuziga ikkinchi bo‘lib qadam bosgan afsonaviy amerikalik astronavt Bazz Oldrin va tarixiy kinolentada bosh rolni ijro etgan aktyor, jahon kinosi yulduzi Armand Assante ishtirok etdi.

Mazkur kinoasar 2017-yilda 74-xalqaro Venetsiya kinofestivalida “Eng yaxshi xorijiy hujjatli film” nominatsiyasida nufuzli “Kineo” mukofotiga sazovor bo‘ldi, Italiyaning Iskya orolida bo‘lib o‘tgan xalqaro kinofestivalda esa “Eng yaxshi hujjatli film” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Joriy yil sentabr oyida “Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” filmi o‘zbek tilida bepul taqdim etiladi. Hozirda esa filmni ingliz tilida Amazon va Vimeo  saytlari orqali ko‘rish mumkin:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2018, 07:27)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют