» » Tyumenda yuz bergan YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Tyumenda yuz bergan YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi


Kurgan—Tyumen trassasida yuz bergan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, bir kishi jabrlandi. Bu haqda tez yordam shahar stansiyasi matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“23:59 da avariya haqidagi xabar kelib tushdi, tez yordam jamoasi 0:13 da yetib bordi. Shifokorlar ikki kishining o‘limini qayd etdi, yana bir nafar jabrlangan fuqaro viloyat shifoxonasiga yotqizildi”, — deydi agentlik manbasi.

FVV ma’lumotiga ko‘ra, Toyota Land Cruiser va Toyota Avensis avtomobillarining to‘qnashuvi Kurgan—Tyumen avtoyo‘lining 178-kilometrida yuz bergan. To‘qnashuvdan so‘ng sedan (Toyota Avensis) olov olgan.

OAVning ma’lum qilishicha, jabrlanuvchi yo‘ltanlamasni boshqarayotgan Tyumen shahar dumasi raisi Dmitriy Yermeyev bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2018, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют