» » O‘zbekiston Bosh vaziri yoshlar muammolariga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazdi

O‘zbekiston Bosh vaziri yoshlar muammolariga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazdi


Vazirlar Mahkamasida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, 30-iyunda nishonlanadigan “Yoshlar kuni”ni munosib kutib olish kabi masalalar muhokama qilindi, deya ma’lum qiladi “Xabar.uz”.

Abdulla Aripov Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston yoshlarining muammolari, bu borada yechimini kechiktirib bo‘lmaydigan masalalarga hamisha e’tibor qaratib kelayotgani, bu orqali barcha rahbarlarga saboq berayotganiga to‘xtalib o‘tgan.

— O‘tgan bir yil ichida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirishga qaratilgan Prezidentning 3 ta farmoni va 5 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 16 ta qaror va 4 ta farmoyishi qabul qilindi. Turli soha va tarmoqlarda yuksak natijalarga erishayotgan yigitlarni munosib taqdirlash maqsadida “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti ta’sis etildi. Jamoat ishlarida faol ishlab kelayotgan yoshlar “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlanadigan bo‘ldi.

Yosh oilalarni uy-joyi va maishiy sharoitini yaxshilash maqsadida 2018—2021-yillarga mo‘ljallangan “Yoshlar uylari”ni barpo etish dasturi tasdiqlandi. Bunga ko‘ra 8000 nafardan ortiq yosh oila uy-joyga ega bo‘ladi.

Yoshlar bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishiga shart-sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Termiz davlat universitetining Denov filiali, Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali, Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali tashkil etildi, — ta’kidladi Abdulla Aripov.

Bosh vazirining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda yaqinda Moskva muhandislik-fizika institutining filiali ham ochilishi kutilmoqda. “O‘zbekiston rahbari qaysi davlatga rasmiy tashrif bilan bormasin, bu yerdagi eng mashhur oliy ta’lim muassasalarining filiallarini O‘zbekistonga olib kelishga katta etibor qaratib keladi. Moskva muhandislik-fizika instituti ham uncha-muncha davlatda filialini ochavermaydi. Bu ham bo‘lsa, davlat rahbarining sa’y-harakatlari mahsuli”, deya qayd etdi Abdulla Aripov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют