» » Deputatlar aholi hayot darajasini yuksaltirishga qaratilgan qonun loyihalarini ko‘rib chiqdi

Deputatlar aholi hayot darajasini yuksaltirishga qaratilgan qonun loyihalarini ko‘rib chiqdi


26-iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar mamlakatda Harakatlar strategiyasi asosida ijtimoiy hamda iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar izchilligi ta’minlanishi uchun huquqiy asoslar yaratishga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdi, deb yozadi O‘zA.

Deputatlar dastlab O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlar bilan ishlab chiqilgan va joriy yilning 22-iyun kuni BMT Bosh Assambleyasining yalpi majlisida qabul qilingan “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” rezolyutsiyasining mazmun-mohiyatiga to‘xtaldi.

Shundan so‘ng deputatlar majlis kun tartibiga kiritilgan masalalarni ko‘rib chiqishga kirishdi. Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini tubdan isloh qilish, amaldagi tizimni yanada takomillashtirishga qaratilgan, shuningdek, sohaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokama qilindi.

Tadbirkorlik subyektlarining mustaqilligini yanada mustahkamlash va xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash maqsadida Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartishlar kiritishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasi ham deputatlarning qizg‘in bahs-munozaralariga sabab bo‘ldi.

Qonun loyihasi bilan xususiy mulk huquqi, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish va moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish tartibini, litsenziyalash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish, tadbirkorlik subyektlarini homiylik qilish va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish hamda tadbirkorlik subyektlaridan qonun hujjatlarini buzgan holda hujjatlar talab qilib olish, umuman, qonuniy tadbirkorlik faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish belgilanmoqda.

Kun tartibidan o‘rin olgan navbatdagi qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan ishlab chiqilgan bo‘lib, unga asosan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi hamda “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Mazkur qonun loyihasi bilan mikromoliyalash xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish va iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish, shu jumladan, mikromoliyalash xizmatlari bo‘yicha to‘lovlarni asossiz ravishda oshirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha me’yorlarni joriy qilish nazarda tutilgan. Kiritilayotgan ushbu qoidalar mikromoliyaviy xizmatlar iste’molchilar zimmasiga tushadigan qarz yukini kamaytirib, to‘lov qobiliyatini yaxshilaydi hamda ijtimoiy himoyasini kuchaytirishda muhim rol o‘ynaydi.

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi.

Deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etishga qaratilgan qonun loyihasini ham qabul qildi.

Majlisda, shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2018, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 75) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют