» » Ekspert: Belarus ochilib borayotgan O‘zbekiston bozorini nishonga oldi

Ekspert: Belarus ochilib borayotgan O‘zbekiston bozorini nishonga oldi


Minsk ochilib borayotgan O‘zbekistonda o‘zining iqtisodiy ishtirokini sezilarli ravishda oshirmoqchi. Bunga sanoat mahsulotlari eksporti va qo‘shma ishlab chiqarishlarni rivojlantirish hisobiga erishish rejalashtirilmoqda, deb yozadi Spot.

Kooperatsiya muvaffaqiyatli kechsa, O‘zbekiston o‘z sanoatini texnik jihatdan modernizatsiya qilishga, Belarus esa yirik chet el bozorida o‘z pozitsiyasini mustahkamlashga muvaffaq bo‘ladi, degan fikrda “Ekspert Yevraziya” loyihasi muallifi, tarix fanlari nomzodi Aleksandr Shustov.

Ba’zi yo‘nalishlar bo‘yicha ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-sotiq 2018-yilda ikki xonali sur’atlarda o‘smoqda.

Masalan, “Bellesbumprom” korxonalari yanvar-aprelda O‘zbekistonga mahsulot yetkazib berishni o‘n marta oshirdi. 2017-yilning yanvar-aprelida ular 220 ming dollarni tashkil etgan bo‘lsa, bu yil 2,2 million dollarga teng bo‘ldi.

Asosiy eksport mahsulotlari daraxt qirindisidan plitalar, fanera va yog‘och kimyosi mahsulotlaridir.

“BelAZ” ham O‘zbekistonga o‘z mahsulotlarini yetkazib berishni tez sur’atlarda o‘stirmoqda. 2017—2018-yillarda respublika uchun 260 ta og‘ir karyer samosvallarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 2020—2023-yillarda yana 200 ta samosval yetkazib beriladi.

Hamkorlikni qo‘shma korxonalar yaratish hisobiga rivojlantirish rejalashtirilmoqda. Bunday rejalar farmatsevtika sanoatida muhokama qilinmoqda, bu borada Minsk va Toshkent hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini imzolashga ulgurdi.

Bundan tashqari, konditer mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona yaratish ko‘zda tutilgan. Belarus O‘zbekiston hududida qishloq xo‘jalik go‘sht-sut majmualarini yaratishda qatnashishga tayyor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2018, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют