» » Olimlar tagiga olmaydigan qoplamali idishlar saratonni keltirib chiqarishi mumkinligini aniqladi

Olimlar tagiga olmaydigan qoplamali idishlar saratonni keltirib chiqarishi mumkinligini aniqladi


Tagiga olmaydigan idish-tovoqlar tarkibidagi moddalar odam organizmiga kirsa, saratonni keltirib chiqarishi mumkin, deb yozadi “RIA Novosti” AQSh atrof-muhit muhofazasi agentligi hisobotiga tayanib.

Tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, tagiga olmaydigan qoplamasiga shikast yetgan tova yoki kastryuldan foydalanishda, odamga perftoroktan kislotasi ta’sir qilishi mumkin. Bu modda suv va olov o‘tkazmaydigan materiallar tarkibida ham bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, perftoroktan kislotasi zarrachalari zaharli xususiyatlarga ega bo‘lib, odam organizmiga kirganida saraton rivojlanishi, xolesterin miqdorining oshishi va immun tizimi funksiyasining susayishiga olib keladi.

Laboratoriya hayvonlari ustida olib borilgan tadqiqotlar bu modda jigar, me’da osti bezi va jinsiy organlarda shishlar paydo bo‘lishiga sharoit yaratishini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, perftoroktan kislotasi bepushtlikka ham olib kelishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2018, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 113) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют