» » Mudofaa vazirligi mahalla yoshlari o‘rtasida vatanparvarlik tadbirlarini o‘tkazmoqda (foto)

Mudofaa vazirligi mahalla yoshlari o‘rtasida vatanparvarlik tadbirlarini o‘tkazmoqda (foto)


O‘zbekiston Qurolli Kuchlari kuch tuzilmalari bilan hamkorlikda Mudofaa vazirligi tomonidan Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek tumani mahallalarida namuna sifatida vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazilmoqda. Buning uchun tumanning 54 ta mahallasiga mas’ul etib Mudofaa vazirligi markaziy apparati ofitserlari biriktirilgan, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Mudofaa vazirligi sport majmuasida Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan bir qator mahallalarning yoshlari o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi.

Vazirlik mas’ul ofitserlari hamda mahalla faollari, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari bilan hamkorlikda “Nodirabegim”, “Feruza”, “Olimlar”, “Bahor”, “Katta oltintepa”, “Bo‘z”, “Buyuk Ipak yo‘li”, “Alisher Navoiy” hamda “Azamat” kabi mahallalarda yoshlarning vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida harbiy vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar tashkil etildi.

Jumladan, Alisher Navoiy mahallasida “Ko‘chma kitob yarmarkasi” va bolalar uchun mo‘ljallangan milliy va jahon adabiyoti namunalaridan iborat kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi, asarlardan parchalar o‘qib eshittirildi.

Bolalar bilan rasm chizish, plastilindan o‘yinchoqlar yasash, shaxmat-shashka o‘yinlari, sportning suzish, mini futbol kabi turlari bo‘yicha tadbirlar bolajonlarga shodlik ulashdi. Mini futbol bo‘yicha o‘tkazilgan sport musobaqasida “Nodirabegim” mahallasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. “Olimlar” va “Bahor” mahalla yoshlari tarkibidan tuzilgan yoshlar jamoasiga ikkinchi va uchinchi o‘rinlar nasib etdi.

Shuningdek, tumandagi “Asaka” hamda “Podshobog‘” mahallalarida yoshlarni vatanparvarlikka undovchi tadbirlar o‘tkazilgan bo‘lsa, “Hamid Olimjon” mahallasida istiqomat qiluvchi nafaqadagi ofitserning hovlisida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning 23-fevralida Vazirlar Mahkamasining 140-sonli qarori bilan Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi kuchga kirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют