» » Mudofaa vazirligi Toshkent shahri mahallalarida tadbirlar tashkil etmoqda

Mudofaa vazirligi Toshkent shahri mahallalarida tadbirlar tashkil etmoqda


O‘zbekiston mudofaa vazirligi tomonidan Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani mahallalarida bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu haqdab vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi doirasida na’muna sifatida Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 54 ta mahalla fuqarolar yig‘inida Ichki ishlar vazirligi hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan profilaktik tadbirlar, yozuvchi, shoir, harbiy sportchilar bilan davra suhbatlari, aksiyalar, konsert dasturlari, ma’daniy-ma’rifiy, kitobxonlik kechalari, muhtoj oilalarga ko‘mak ko‘rsatib, tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan suhbatlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

Jumladan, “Farobiy”, “Yugnakiy”, “Hamid Olimjon”, “Podshobog‘”. “Asaka” hamda boshqa mahalla fuqarolari yig‘inlarida Mudofaa vazirligi markaziy apparati ofitserlari podpolkovniklar Akmal Bozorov, Zufar Turg‘unov, Fayzullo Nurmanov, mayorlar Abror Teshaboyev, Bahodir Eshmurodov aholi bilan badiiy-adabiy kechalar, sayyor uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu kabi amaliy ishlar mahallalarda davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют