» » Bugungi yalpi majlisda senatorlar ilk marta planshetlardan foydalanmoqda. Jurnalistlarga ham shunday imkoniyat yaratilarmikan?

Bugungi yalpi majlisda senatorlar ilk marta planshetlardan foydalanmoqda. Jurnalistlarga ham shunday imkoniyat yaratilarmikan?


Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda. Bugungi majlisda ishtirok etayotgan 78 ta senatorlar ish jarayonida ilk marotaba planshetlardan foydalanmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar bermoqda.

Majlisni olib borgan Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev senatorlarga planshet tarqatilganini “ortiqcha qog‘ozbozlik va sarflarni kamaytirish, ishlarni samarali tashkil etish maqsadida” amalga oshirilgan chora-tadbir sifatida izohladi.

Planshetlarga muhokama qilinayotgan qonunlar matni kiritilgan.

Davlat tashkilotlari ish faoliyatiga axborot texnologiyalarining joriy etilayotgani quvonarli hol. Senat majlislarini yoritadigan jurnalistlarga ham ish jarayonida smartfon hamda planshetlardan foydalanishga ruxsat berilishini kutib qolamiz.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2018, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют