» » Oumuamua asteroidi ehtimoliy tezligini oshirmoqda

Oumuamua asteroidi ehtimoliy tezligini oshirmoqda


Quyosh tizimida aniqlangan tarixdagi birinchi yulduzlararo asteroid Oumuamuaning tezligi oshmoqda. Bu tezlashishni na Quyosh va sayyoralar gravitatsiyasi, na Quyosh shamollari ta‘siri bilan tushuntirib bo‘ladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Yerga yaqinlashuvchi obyektlarni o‘rganuvchi koordinatsion markaz Oumuamuaning trayektoriyasini aniqlash maqsadida astronomik kuzatuv olib borgan.

Tahlilning ko‘rsatishicha, kuzatilgan trayektoriyani faqat Quyosh, sayyoralar, Oy, Pluton va asteroid asosiy belbog‘idagi 16 ta eng katta jism gravitatsiyasi bilan tushuntirib bo‘lmaydi. Olimlar orbita radiusiga proporsional ravishda teskari o‘zgargan juda kuchsiz “begona” tezlashishni aniqlagan.

Tadqiqot mualliflarining xulosasiga ko‘ra, haqiqatga yaqinroq sabab obyektning Quyoshga yaqinlashishi vaqtida uning yuzasidagi uchayotgan moddalardan yuzaga kelgan gaz va chang qatlamining reaktiv kuchi hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2018, 06:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 40) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют