» » Toshkent shahri ko‘chalarida patrullik qilayotgan otliq otryad (foto)

Toshkent shahri ko‘chalarida patrullik qilayotgan otliq otryad (foto)


Toshkent shahar IIBB post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi post-patrul xizmati brigadasi tuzilmasida tashkil etilgan otliq otryad poytaxtdagi dam olish maskanlari va sayilgohlarda nazoratni olib bormoqda. Bu haqda UzReport xabar berdi.

Ushbu otryad Alisher Navoiy nomli kutubxona, Hyatt mehmonxonasi va uning atrofidagi ko‘chalarda ham patrullik qilmoqda. Ularning ish vaqti har kuni soat 17:00 dan boshlanadi.

Otlar Germaniya va Ispaniyadan keltirilgan bo‘lib, ular har qanday shovqin-suronga ko‘nikma hosil qilgan. Avtomobillarning tovushli ishoralari, gavjum odamlarning harakatlari otlarni hurkitmaydi.

Hozirda shaxsiy tarkibni o‘qitish, ularning bilim saviyasi, jangovar shayligi, ot minish ko‘nikmalari, xizmat yo‘nalishida qaysi tartibda harakatlanishi bo‘yicha ham darslar muntazam o‘tkazilmoqda.

Otliq patrul xizmati xodimlari fuqarolarga tez tibbiy yordam ko‘rsata oladi. Xorijlik sayyohlarga ma’lumotlar taqdim etib, qiziqtirgan savollariga javob beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2018, 11:58)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют