» » Oliy Majlis Senatining XV yalpi majlisida Andijon viloyati hokimining hisoboti tinglandi

Oliy Majlis Senatining XV yalpi majlisida Andijon viloyati hokimining hisoboti tinglandi


Oliy Majlis Senatining XV yalpi majlisida Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti tinglandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar bermoqda.

Hokimning qayd etishicha, viloyatni kompleks rivojlantirish va bu jarayonda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari salohiyatidan foydalanish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan. Xususan, 2017-yilda viloyat yalpi hududiy mahsuloti hajmining o‘sishi 6,7 foizni tashkil etgan. Tegishli dasturlar doirasida 1,5 trillion so‘mdan ziyod investitsiyalar o‘zlashtirilib, qariyb 3040 ta loyiha amalga oshirilgan. Buning evaziga 42,3 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilgan. 2476 ta xususiy tadbirkorlik va kichik biznes subyektlari tashkil etilgan, tijorat banklari tomonidan ularga 1,2 trillion so‘mlik kredit ajratilgan.

Viloyatda O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 7-iyundagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish bo‘yicha ishlar boshlandi. 130 ta ijtimoiy soha obyekti — shifoxonalar, maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalari, ichimlik suv obyektlari foydalanishga topshirildi. 24 ta qishloq massivida 1165 ta arzon uy-joy, shu jumladan, profilaktika inspektorlari uchun 326 ta xizmat uyi barpo etildi.

Shu bilan birga, senatorlar Andijon viloyatida hududlarni rivojlantirishga hamda xalq deputatlari mahalliy kengashlari faoliyatining samaradorligini oshirishga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan muammo va kamchiliklar borligini, mavjud salohiyatdan to‘liq foydalanilmayotganini ta’kidladi.

Xususan, tadbirkorlik subyektlari duch kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish choralari lozim darajada ko‘rilmagani oqibatida 2017-yilning o‘zida 4000 dan ziyod, 2018-yilning birinchi choragida esa 251 ta kichik biznes subyekti faoliyati to‘xtatilgan va minglab ish o‘rinlari yo‘qotilgan. Aholi ehtiyojlariga mos ravishda ish o‘rinlari tashkil etish, mavjud ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish masalalari to‘liq hal etilmayapti.

Muhokama yakunlari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2018, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют