» » Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishda yangicha yondashuv joriy etiladi

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishda yangicha yondashuv joriy etiladi


O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, navqiron avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, yoshlarning intilish va tashabbuslarini, ayniqsa, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan doimiy e’tibor yuksak samara bermoqda, deb yozadi O‘zA.

O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bu borada Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Partiyaning “Yoshlar qanoti” qoshida jamoatchilik asosida faoliyat yuritayotgan “Yosh liberallar” klubi atrofiga mustaqil fikrlaydigan va hayotga teran qaraydigan, Vatan taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, fidoyi va izlanuvchan hamda iqtidorli yoshlar birlashgan.

Klub partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar, tuman (shahar) kengashlarining “Yoshlar qanoti” qoshida faoliyatini “Kelajak deputatlari” hamda “Yosh tadbirkorlar muammolarini o‘rganish” guruhlari ko‘magida amalga oshirmoqda. O‘tgan vaqt davomida “Yosh liberallar” klubi hududlarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlarni yoshlar orasida targ‘ib qilish, mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoki shug‘ullanayotgan yoshlarda uchrayotgan muammolarini aniqlash, bartaraf qilish borasida tizimli ishlarni amalga oshirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2018, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют