» » O‘zLiDeP soliq siyosatini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqmoqda

O‘zLiDeP soliq siyosatini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqmoqda


Toshkentda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston tadbirkorlar va fermerlarni qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan “Qonun loyihalarining jamoatchilik ekspertizasi” loyihasi doirasida soliq tizimini isloh qilish konsepsiyasini muhokama qilish va O‘zLiDePning soliq siyosatini takomillashtirishga doir takliflarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Davra suhbatida mamlakatda qulay biznes va investitsion muhitni shakllantirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar safini kengaytirish iqtisodiyotimizni yuksaltirishning sharti ekani ta’kidlandi. Bu jarayonda soliq yukini kamaytirish, ishbilarmonlarga yaqindan ko‘mak berish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhim ekani qayd etildi.

Shu nuqtai nazardan konsepsiyadagi mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, tadbirkorlik faoliyati, biznesni barqaror rivojlantirish uchun qulay biznes muhitiga ko‘maklashuvchi mutlaqo yangi soliq tizimini shakllantirishga oid me’yorlar qo‘llab-quvvatlandi.

Tadbirkorlik faoliyati sohasida soliq qonunchiligining barqarorligi qulay biznes muhitini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Partiya hududiy kengashlari tomonidan konsepsiya doirasida ishlab chiqilgan takliflar muhokamasiga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur konsepsiyaning qabul qilinishi va amalga oshirilishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют