» » “Yoshlar kuni” munosabati bilan qurol-aslaha ko‘rgazmasi, velomarafon va harbiy orkestr namoyishlari tashkillashtirildi (foto)

“Yoshlar kuni” munosabati bilan qurol-aslaha ko‘rgazmasi, velomarafon va harbiy orkestr namoyishlari tashkillashtirildi (foto)


“Yoshlar kuni” munosabati bilan Mudofaa vazirligi tomonidan Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek tumani mahallalarida vatanparvarlik tadbirlari tashkillashtirilmoqda, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati. Tumanning 54 ta mahallasiga mas’ul etib Mudofaa vazirligi markaziy apparati ofitserlari biriktirilgani haqida avvalroq xabar berilgandi.

Mudofaa vazirligi sport majmuasida Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan bir qator mahallalarning yoshlari o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi, ular uchun harbiy orkestr tomonidan jangovar kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari hamda mahalla faollari, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari bilan hamkorlikda “Yugnakiy”, “Oliy himmat”, “Avayxon” hamda “Yuzrabod” kabi mahallalarda yoshlarning vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar tashkil qilindi.

Jumladan, “Avayxon” mahallasida “Vatanga sadoqat” shiori ostida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida velosiped sporti bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda 40 ga yaqin o‘g‘il-qizlar ishtirok etdi. Ishtirokchilarning har biri Mudofaa vazirligi, Yoshlar ittifoqi va “Avayxon” mahallasi nomidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“A.Yugnakiy” mahallasi yoshlari ishtikorida “Lokomativ” bog‘ida qurol-aslaha ko‘rgazmasi tashkil etildi. Yoshlar o‘rtasida qo‘l jangi, futbol, shaxmat-shashka, stol tennisi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Tumanning “Katta oltintepa”, “Bo‘z”, “Podshobog‘”, “Buyuk ipak yo‘li” va “Azamat” mahalla yoshlari Qurolli Kuchlar davlat muzeyiga tashrif buyurib, muzey zallaridan o‘rin olgan tarixiy eksponatlar, harbiy texnika va qurol-aslaha maketlari, harbiy liboslarni tomosha qilishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2018, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют