» » Eron AQSh sanksiyalariga qarshi kurashish tadbirlarini ishlab chiqadi

Eron AQSh sanksiyalariga qarshi kurashish tadbirlarini ishlab chiqadi


Eron yetakchisi oyatulloh Ali Xomanaiy mamlakat hukumati AQSh sanksiyalariga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga kirishdi, deya saytida xabar bergan. Bu haqda “Gazeta.ru” yozmoqda.

Oyatullohning fikricha, AQSh yangi iqtisodiy sanksiyalarni joriy qilish orqali Eron hukumati va xalqi o‘rtasida nizo keltirib chiqarishga erishmoqchi. Eron yetakchisi Donald Trampgacha AQShning 6 ta prezidenti aynan shunday usullardan foydalangani, biroq maqsadiga erisha olmaganini aytgan.

Eronning rasmiy agentligi bo‘lgan IRNA hukumat va parlament hamkorlikda AQSh sanksiyalarining ta’sirini o‘rganadigan maxsus qo‘mita tuzganini xabar qilgan. Xususan, qo‘mita neft eksport qilishning xavfsiz yo‘lini topishi kerak, shundagina Eron neft sotishdan oladigan daromadlarini saqlab qola oladi.

Avvalroq Tramp Saudiya Arabistoni hukumatidan neft ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirishni so‘ragan. Eron AQShning bu iltimosini Ar-Riyodga OPEKdan chiqishni taklif qilish, deya baholagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2018, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют