» » Adam Sendler kanadalik juftlikning fotosessiyasida qatnashdi

Adam Sendler kanadalik juftlikning fotosessiyasida qatnashdi


Amerikalik aktyor Adam Sendler endigina turmush qurgan juftlikning fotosessiyasida kutilmagan qatnashchi bo‘ldi. Bu haqda The Mashable’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Juftlik Kanadaning Monreal shahrida to‘y fotosessiyasi uchun suratga tushayotgan edi. Aktyor esa shu atrofdan o‘tib ketayotgan bo‘lgan.

Aleks ismli ayol aktyorni darrov tanigan va unga qo‘l silkitib, Sendlerning muxlisi ekanini aytgan.

“Biz Sendlerga uning ashaddiy muxlislari ekanimiz va uning ishlarini yaxshi ko‘rishimizni aytdik. Biz uning barcha filmlarini tomosha qilganmiz”, — deya Kevin so‘zlab berdi.

Juftlikning so‘zlariga qaraganda, shundan so‘ng aktyor fotosessiyada ishtirok etishga qaror qilgan. Suratlar CBS Sunday Morning’ning Twitter’dagi sahifasida e’lon qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2018, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют