» » Qozog‘istonda chaqaloqqa Nurprezident deb ism berildi

Qozog‘istonda chaqaloqqa Nurprezident deb ism berildi


Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyatida yangi tug‘ilgan chaqaloqqa ota-onasi Nurprezident degan noodatiy ismni berdi, deb yozadi Tengrinews. Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma suratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Bolaga bunday ism qo‘yilganini Qizilo‘rda FHDYo bo‘limida ham tasdiqlashdi.

“Ha, haqiqatan ham, Nurprezident ismli bola bor. U oilada ikkinchi farzand. Ota-onasi Qizilo‘rda viloyati Chiyali tumanida yashaydi. Ular hali yosh, ikkalasiyam 26 yoshda”, — deya ma’lum qilishdi FHDYo bo‘limida.

Muassasadagilar ta’kidlashicha, bunday noyob ism birinchi marta ro‘yxatga olingan. “Nursulton Nazarboyevning adashlari viloyatda bor. 2015—2017-yillarda bolalarga Nursulton degan ism ko‘p berilgan. Hozir Nursulton Abishevichdan ko‘pincha ‘Nur’ so‘zini olishadi”, — dedi bo‘lim vakili.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2018, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют