» » O‘zbekistonda 20 yil davomida ilk bor 40 ta bolalar bog‘chasi quriladi

O‘zbekistonda 20 yil davomida ilk bor 40 ta bolalar bog‘chasi quriladi


O‘zbekistonda oxirgi 20 yil davomida ilk bor bir yil — 2018 yil davomida umumiy quvvati 7775 o‘rinli 40 ta bolalar bog‘chasi quriladi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Shuningdek, 29 ta MTM kapital, 298 tasi esa joriy ta’mirlanadi.

Mazkur ko‘rsatkichlar davlat rahbari tomonidan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, kapital va joriy ta’mirlash hamda jihozlash manzilli dasturida ko‘zda tutilgan.

Dasturning umumiy qiymati 1,25 trillion so‘mdan oshadi.

Ekspertlarga ko‘ra, ushbu choralar nafaqat yangi o‘rinlarni yaratish, balki shu paytgacha foydalanilmay kelingan quvvatlarni ishga solish orqali bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish darajasini oshirish imkonini beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2018, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют