» » AQShda timsoh qizni quvib, daraxtga chiqarib yubordi va uning tagiga joylashib oldi

AQShda timsoh qizni quvib, daraxtga chiqarib yubordi va uning tagiga joylashib oldi


Amerikalik qiz timsohdan qutulib qolish uchun daraxtga chiqib olishiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda UPI xabar berdi.

15 yoshli Jordan Broderik ota-onasi bilan Okala qo‘riqxonasida dam olayotgan edi. Hodisa qiz suv havzasida sayr qilib yurgan vaqtda yuz bergan. U o‘zi tomon kelayotgan timsohni payqagan, suv ustida osilib turgan shoxga osilgan va daraxtga chiqib olgan. Timsoh daraxtning tagiga joylashib olgan va qizning tushishini kutgan.

Jordanning ota-onasi nima yuz berayotganini ko‘rgan, biroq unga yordam bera olmagan. Qizning onasi qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan.

Yarim soatdan keyin suv havzasiga yarim avtomat miltiq bilan qurollangan sherif yordamchisi yetib kelgan va bir o‘q bilan timsohni o‘ldirgan. Shundan keyin qiz daraxtdan tushishga muvaffaq bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2018, 07:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют