» » O‘zbekistonda 4 oy davomida voyaga yetmaganlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish bilan bog‘liq 153 ta holat qayd etildi

O‘zbekistonda 4 oy davomida voyaga yetmaganlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish bilan bog‘liq 153 ta holat qayd etildi


O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari joriy yil 1-noyabrga qadar joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqadi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligidagi manbaga tayanib, “Podrobno.uz” ma’lum qildi.

“Qator muassasalar suitsidlar qilishga undovchi va ularni amalga oshirishga o‘rgatuvchi ma’lumotlar yoritiladigan saytlar faoliyatiga chek qo‘yish uchun ijtimoiy tarmoqlar va internetda joylashtiriladigan ma’lumotlarni monitoring qilib borishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, global tarmoqda murakkab hayotiy vaziyatlardan chiqish va stresslarga bardoshlilik usullari aks etadigan saytlar yaratiladi, xavf guruhidagi shaxslarga psixologik maslahatlar berib boriladigan, ijtimoiy reabilitatsiya va ko‘niktirish muassasalari telefonlari ko‘rsatilgan SMS-xabarlar yo‘llanadi”, — dedi nashr suhbatdoshi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda joriy yil 1-may oyi holatiga voyaga yetmaganlar 153 ta o‘z joniga qasd holati qayd etildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10 taga kam.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2018, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют