» » O‘zbekiston Rossiyaga to‘tiqush eksport qiluvchi asosiy mamlakatga aylandi

O‘zbekiston Rossiyaga to‘tiqush eksport qiluvchi asosiy mamlakatga aylandi


O‘zbekiston Rossiyaga to‘tiqush eksport qiluvchi asosiy mamlakat bo‘ldi. Bu haqda “Rossiya eksportyorlari” yagona axborot portaliga tayanib, “Spot” xabar berdi.

2017-yili Rossiyaga 22 ming dollarlik 17,08 mingta to‘tiqush import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 19 foizga kam.

Importning eng past ko‘rsatkichi 2017-yilga to‘g‘ri kelgan (82 foiz). 2015-yil to‘tiqushlar importi 122 ming dollarga teng bo‘lgan.

2016-yildan boshlab O‘zbekiston (40,7 foiz), Mali (33,3 foiz) va Solomon orollari to‘tiqushlarni (18,5 foiz) Rossiyaga import qiluvchi asosiy mamlakatlarga aylandi.

2017-yili Rossiyaga 2 ta mamlakat to‘tiqushlarni eksport qilgan: O‘zbekiston (78,3 foiz) va Surinam (16,7 foiz).

Dunyo mamlakatlariga to‘tiqushlarni eksport qiluvchi asosiy mamlakat — Janubiy Afrika Respublikasi (28 foiz). 2017-yili Bangladesh (12,3 foiz), Yaponiya (9,6 foiz) va Koreya (9,4 foiz) asosiy ta’minotchilar bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют