» » Tailandda g‘orda qolib ketgan maktab o‘quvchilari ota-onalariga xat yozdi

Tailandda g‘orda qolib ketgan maktab o‘quvchilari ota-onalariga xat yozdi


23-iyun kuni Tailand shimolidagi suv toshqini oqibatida 10 kilometrlik Txam Luang g‘orida qolib ketgan 12 nafar maktab o‘quvchisi — mahalliy futbol jamoasi a’zolari va ularning 25 yoshli murabbiyi o‘z yaqinlariga atalgan xat yubordi. Bu haqda “RIA Novosti” yozmoqda.

Tailand harbiy-dengiz kuchlari suzuvchilari guruhi g‘orda qutqaruv ishlarini olib bormoqda. Ular xatni suratga olib o‘zlarining Twitter’dagi sahifasiga joyladi. Xat har-xil daftarlardan yulib olingan 6 ta qog‘ozga yozilgan. Bolalar xatni 6-iyun, juma kuni ularga ota-onalaridan xabar keltirgan harbiy xizmatchi orqali berib yuborgan. Futbolchilarning yoshi 11—16 atrofida. Ular ikki haftadan buyon g‘orda chayla qurib yashamoqda.

“Bizda hammasi joyida, hamma sog‘-salomat, xavotir olmang. Bu yerdan chiqqanimizda har xil mazali ovqatlar yeyishni istagan bo‘lardik. Aziz o‘qituvchilar, iltimos, hozircha bizga uy vazifalari bermay turing”, — deya bolalar xatning birinchi betida yozgan. Ularning har biri o‘zining ahvoli haqida bir necha satrlik yozuvlar qoldirgan.

?????????????????????????? ?????????????????????? ????????????????? ?????????????? 6 ??????? 2561 ....???????????????...

Geplaatst door Thai NavySEAL op Vrijdag 6 juli 2018

Xatda jamoa murabbiyining ham yozganlari bor. Jamoatchilikning bir qismi murabbiyni mas’uliyatsizlikda ayblagan. Aytishlaricha, murabbiy kuchli yomg‘irlar mavsumida bolalarni g‘orga olib borib katta xato qilgan. Vaholanki, bu mavsumda suv toshqinlarining ro‘y berishi odatiy holdir. Yana bir guruh kishilar esa aksincha, murabbiyni qahramon deb atagan. Negaki aynan u tufayli bolalar qorong‘i va suv bosgan g‘orda 9 kun oziq-ovqatsiz yashashning uddasidan chiqmoqda.

“Bizni ruhan qo‘llab-quvvatlab turganingiz uchun rahmat. Barcha ota-onalardan meni kechirishlarini iltimos qilaman. Shuningdek, sizdan ruxsatsiz g‘orga borgan bolalaringizni ham kechirishni so‘rayman”, — deb yozgan murabbiy.

Yosh futbolchilar murabbiysi bilan birgalikda velosipedda Tailandning eng shimoliy nuqtasida joylashgan Txam Luang g‘origa otlangan. Ular 23-iyun kuni shu atrofdagi stadionda mashq qilgandan so‘ng g‘orga borgan. Avvallari ular qurg‘oqchilik mavsumida favqulodda sharoitda mashq qilish va jamoa ruhini ko‘tarish uchun tez-tez g‘orga kelib turgan.

Yosh futbolchilar ko‘p marotaba g‘orning 7 kilometr chuqurlikdagi yerlarigacha borgan. Biroq bu safar bolalar g‘orga kirganidan bir necha soat o‘tib boshlangan sel yer ostida kutilmagan toshqinni keltirib chiqargan. Natijada g‘ordan chiqish yo‘li yopilib qolgan. Suv toshqinlari g‘orda har yili sodir bo‘ladi. G‘orga kirish joyida maxsus taxtachaga yog‘ingarchilik mavsumida, ya’ni iyun oyidan noyabrgacha bu yerga kirish taqiqlanishi yozilgan.

Qidiruv ishlari 24-iyunga o‘tar kechasi boshlangan. G‘orga kirish joyida 11 ta velosiped va murabbiyga tegishli motosikl topilgan. Bolalardan hech qaysi biri ota-onasiga g‘orga borishi haqida aytmagan.

Bolalar va murabbiyni Tailand harbiy-dengiz kuchlari suzuvchi va keyv-dayverlari (chuqurlikdagi g‘orlarga tushish bilan bilan shug‘ullanadigan mutaxassis) ular yo‘qolganining 10-kunida topgan. Ular g‘orga kirish joyidan 5 kilometr uzoqda qolib ketgan. Qutqaruv ishlariga minglab kishilar jalb qilingan. Jarayon deyarli 2 haftadan buyon davom etmoqda. Yaqin kunlarda bolalarni evakuatsiya qilish ishlari boshlanadi. Bolalarning aksariyati tog‘li hududda katta bo‘lgani uchun suzishni bilmaydi. Bu holat qutqaruv ishlarini murakkablashtirmoqda.

6-iyul, juma kuni Tailand harbiy-dengiz kuchlari maxsus bo‘linmasi boshlig‘i evakuatsiyaga tayyorgarlik ishlari davom etayotgani va tez orada bolalar qutqarilishini ma’lum qilgan. Aytilishicha, kuchli yog‘ingarchiliklar kutilmoqda. Ular tufayli g‘or ichida suv yanada ko‘payishi tabiiy. Qolaversa, g‘ordagi havo tarkibining o‘zgarishi kislorod tanqisligini keltirib chiqargan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2018, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют