» » Tailand qiroli g‘orga qamalib qolgan maktab o‘quvchilarini tezroq evakuatsiya qilishni talab qildi

Tailand qiroli g‘orga qamalib qolgan maktab o‘quvchilarini tezroq evakuatsiya qilishni talab qildi


Tailandda qisman suv toshqini ostida qolgan Kxao Luang g‘oridan maktab futbol jamoasining 12 nafar o‘yinchisi va ularning murabbiyi iloji boricha tezroq evakuatsiya qilinishi kerak. Bu haqda qirol Maxa Vachiralongkorn (Rama X) aytib o‘tgan, deb yozadi “TASS”.

Bosh vazir o‘rinbosari Pravit Vongsuvanning so‘zlariga ko‘ra, bolalar va murabbiy yer ostidan imkoni boricha tezroq chiqarib olinishi kerak. “Qirol barcha qutqaruvchilarga ko‘rsatma berdi, unga ko‘ra, 13 kishi g‘ordan tezroq evakuatsiya qilinishi kerak”, — dedi u. Rama X ushbu vaziyat kelajakda yuz berishi mumkin bo‘lgan shunga o‘xshash vaziyatlardagi operatsiyalar uchun batafsil o‘rganib chiqilishi kerakligini ham aytgan.

Shu bilan birga, mahalliy hukumat g‘ordagi suv sathiga bog‘liq bo‘lgan evakuatsiya jarayonini qachon boshlash haqida bir qarorga kelgani yo‘q, g‘orning bir qismi suv ostida qolgan bo‘lib, futbolchilarning tepaga chiqib olishiga xalal bermoqda. Shu bilan birga, qamalib qolgan 13 kishining bari oziq-ovqat va dori-damron bilan ta’minlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2018, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют