» » Arablar “Kortej” loyihasi uchun 110 million yevro sarflaydi

Arablar “Kortej” loyihasi uchun 110 million yevro sarflaydi


BAAning Tawazun kompaniyasi investitsiya fondi “Kortej” loyihasiga 110 million yevro (8,1 milliard rubl) kiritadi. U avtomobillarni Yagona modul platformasida ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanuvchi qo‘shma korxonaning hamkoriga aylanadi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda, deb yozadi “Motor”.

Investfond tomonidan ajratiladigan mablag‘lar Aurus markasidagi avtomobillarni (ham fuqarolar uchun, ham zirhli) yaratish va ishlab chiqarish uchun yo‘naltiriladi. Tomonlar shartnoma tafsilotlarini joriy yil yakuniga qadar muvofiqlashtirishni rejalashtirmoqda.

“Kortej” loyihasi ustida 2012-yildan buyon ish olib borilmoqda. Ilk tayyor mashina — “Senat” limuzinidan tashqari, modellar gammasidan odatdagi sedan, “Arsenal” katta veni va “Komendant” yo‘ltanlamasi ham joy oladi.

Bozorga birinchi bo‘lib sedan chiqariladi. U erkin sotuvda 2019-yilda paydo bo‘ladi. Mashinalar kichikroq partiyalar — yiliga 200 donadan yig‘ilishi rejalashtirilmoqda. Taxminiy qiymati — 10 million rubl atrofida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2018, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют