» » O‘zbekistondagi muqobil energetika bo‘yicha kompaniyalar AQShda malaka oshirishga taklif etadi

O‘zbekistondagi muqobil energetika bo‘yicha kompaniyalar AQShda malaka oshirishga taklif etadi


O‘zbekistonning muqobil energetika bo‘yicha kompaniyalari AQShda malaka oshirishga taklif etadi, deb xabar beradi Spot.

Ishbilarmonlar uchun mo‘ljallangan maxsus dastur (SABIT) AQShda uch haftalik malaka oshirish kurslariga nomzodlarni yig‘a boshladi. Malaka oshirish kurslari “Fuqarolik va tijoriy qurilishlarda qayta tiklanadigan energiya manbalari va energiya samaradorligi” yo‘nalishida tashkil etiladi.

Malaka oshirish kurslari 27-oktabrdan 17-noyabrga qadar davom etadi. Kurslar rus va ingliz tillarida olib boriladi. Hujjatlar 13-iyulga qadar qabul qilinadi.

Saralash bosqichidan o‘tgan ishtirokchilarning barcha xarajatlari (aviachipta, mehmonxonalarda yashash, majmuaviy ta’lim dasturi, tarjimonlar xizmati, tibbiy sug‘urta, shuningdek ovqatlanish narxi va qo‘shimcha xarajatlar uchun stipendiya) qabul qiluvchi tomonidan to‘lab beriladi.

Malaka oshirish kurslari fuqarolik va tijoriy qurilishlar sohasida qayta tiklanadigan energiya manbalari va energiya samaradorligini ta’minlovchi texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha qarorlar qabul qiluvchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2018, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют