» » Tabiiy makiyaj qoidalari

Tabiiy makiyaj qoidalari


Tabiiy go‘zallik — oxirgi mavsum trendi. Kosmetika vositalarining qalin qatlami kamchiliklarni yashirsa-da, barcha ayollarni bir xil ko‘rsatib qo‘yadi.

Tabiiy makiyaj — bu yengil make up bo‘lib, sizning afzalliklaringizga urg‘u beradi va deyarli sezilmaydi. Tabiiy makiyajni qanday hosil qilish mumkin?

Asosiysi, yuz rangi tiniq bo‘lishi lozim. Ko‘z ostidagi qora aylanalarni va teridagi kichik kamchiliklarni korrektor yordamida ko‘zdan yashiring. Ozgina BB krem suring. Teriga bir necha qavat tonal vositasi surish tavsiya etilmaydi.

Jigar rang tush qoraga qaraganda ko‘proq tabiiy ko‘rinadi. Uni keragidan ortiq surishning ham iloji yo‘q. Ko‘zning ichki burchaklari va pastki kipriklar chizig‘i ostiga surilgan yorug‘likni qaytaruvchi zarrachalarga ega badan rangidagi qalam qarashlaringizga joziba bag‘ishlaydi.

Qosh osti, peshona, yonoqlar va iyak sohasiga surilgan xaylayter yuzga sog‘lom yorqinlik beradi.

Lab bo‘yog‘i rangini lablaringiz rangiga yaqin bo‘lganini tanlang. Yuzingizga ozgina shaffof pudra suring — tabiiy makiyaj tayyor!

Tashqi ko‘rinishingiz faqat o‘zingizga xos ekanligini unutmang! Kimgadir o‘xshash uchun qavat-qavat makiyaj surish yaramaydi. Tabiiy go‘zallikka yengil urg‘u berishning o‘zi kifoya!

Опубликовано: admin (14-02-2017, 00:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют