» » Tailanddagi g‘ordan evakuatsiya qilingan bolalarda infeksiya aniqlandi

Tailanddagi g‘ordan evakuatsiya qilingan bolalarda infeksiya aniqlandi


Tailandda Txao Luang g‘oridan evakuatsiya qilingan bolalarning hammasida infeksiya bilan zararlanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Reuters’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bolalardan olingan qon tahlillari infeksiyaning mavjudligini tasdiqlagan. Bundan tashqari, 2 nafar bola rentgen tekshiruvidan ham o‘tkazilgan. Rentgen tekshiruvi ham bolalarda infeksiya borligini ko‘rsatgan. Laboratoriya tahlillari natijalari 2 kun ichida tayyor bo‘ladi.

Tailand sog‘liqni saqlash vazirligi vakilining ma’lumot berishicha, ayni paytda 8 nafar bolaning hammasi o‘zini yaxshi his qilmoqda. Ularning hech birida bezgak aniqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, g‘orda yo‘qolib qolgan 12 nafar maktab o‘quvchisi va ularning murabbiylari 3-iyul, seshanba kuni topilgan. Ular ota-onalariga yozgan xat tarmoqda ommalashgan. 9-iyul, dushanba kuni bolalarning 8 nafari qutqarilgan. 4 nafar bola shifoxonaga yotqizilgan.

SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari, tadbirkor Ilon Mask Tailanddagi g‘orda qamalib qolgan o‘smirlarni havo tunneli yordamida qutqarish variantini taklif qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2018, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют