» » “Hatto Ulug‘bek Qodirov va Alisher Uzoqovga ham selfiga tushish taqiqlandi”. “Islomxo‘ja” filmi rejissori filmning fotolari tarqatilmaganiga oydinlik kiritdi

“Hatto Ulug‘bek Qodirov va Alisher Uzoqovga ham selfiga tushish taqiqlandi”. “Islomxo‘ja” filmi rejissori filmning fotolari tarqatilmaganiga oydinlik kiritdi


“O‘zbekkino” buyurtmasi bilan rejissor Jahongir Ahmedov “Islomxo‘ja” deb nomlangan tarixiy badiiy-publisistik janrdagi filmni suratga olish ishlariga tayyorgarlikni boshlagani, film uchun katta fotosinov ishlari bo‘lib o‘tgani haqida ma’lumotlar berilgan edi.

Rejissor Jahongir Ahmedovning jurnalist Feruz Muhammadga bergan ma’lumotlariga qaraganda, filmning suratga olish ishlari nihoyasiga yetib, montaj jarayonlari ham yakunlangan. “Islomxo‘ja” ayni vaqtda ovozlashtirish jarayonida.

Rejissor Jahongir Ahmedov filmning suratga olish jarayonlarida aktyor va aktrisalarga suratga olish jarayonidan birorta ham foto yoki video lavhalarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishga ruxsat bermaganiga oydinlik kiritdi. Rejissor bu haqda jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida gapirib berdi.

Odatdagi suratga olish jarayonlarida shu darajada ko‘p rasm va video lavhalar joylardikki, u rasm va video lavhalarni bir-biriga ulab chiqsa bitta film tayyor bo‘lar edi. Natijada tomoshabinlarning o‘sha filmga qiziqishi qolmaydi. Bu tarixiy janrda suratga olinayotgan film bo‘lgani bois, aktyor va aktrisalarning ko‘rinishi 100 foiz o‘zgaradi, aktyorlarning o‘zgargan qiyofasini filmda ko‘rishlarini xohlaganimiz uchun ham ijtimoiy tarmoqlarga birorta surat joylashtirmadik.

Kerak bo‘lsa Alisher Uzoqov, Ulug‘bek Qodirov singari bosh rol ijrochilariga  ham selfiga tushib, ijtimoiy tarmoqlarga foto lavhalarni joylashtirgani ruxsat bermadik. Ochig‘i filmda asosiy rollarni ijro etayotgan aktyor-aktrisalar va ulardan tashqari 600 ga yaqin jamoa ham bu fikrimizni tog‘ri tushunib harakat qilishdi. Aks holda biz hech kimni nazorat qila olmas edik, xohlagan odam xohlaganicha videoga olib joylaylashi mumkin edi.

Tassavvur qiling, Asfandiyorxon, Islomxo‘ja bilan bugungi kunda odamning ensasini qotiradigan qiliqlar qilib selfiga tushib, uni o‘zining sahifasidada joylasa Islomxo‘janing yoki Asfandiyorxonning hurmati qayerda qoladi. Biz avvalo tarixiy shaxslarimizning ruhini hurmat qilib, ish jarayonlarida ortiqcha va ikkinchi darajali ishlarga chalg‘imaslik uchun ham bir muddat hech qayerga, hech qanday ma’lumot bermadik.

“Islomxo‘ja” tarixiy, badiiy-publisistik filmining Xiva shahridagi suratga olish ishlarida asosiy aktyor aktrisalar soni o‘ttizdan ortiq bo‘ldi. Ommaviy sahnalarda esa 400-500 dan ortiq odamlar rol ijro etdi. Bundan tashqari ijodiy guruhimizda ham ellikdan ortiq odam bor edi.

Xiva shahrida ommaviy sahnalarni suratga olish uchun 12 kun, asosiy aktyorlar bilan bog‘liq epizodlar 15 kun mobaynida suratga olindi. Xivadagi 27 kunlik suratga olish jarayonlaridan so‘ng, Sankt-Peterburg shahrida bir haftalik suratga olish jarayoni bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari Toshkent shahrida film uchun maxsus sakkizta dekoratsiya qurilgan edi, mazkur dekoratsiyadagi suratga olish ishlari 15 kun davomida bo‘lib o‘tdi.

Jahongir Ahmedov, “Islomxo‘ja” filmi rejissori



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2018, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют