» » Armaniston sobiq prezidentining jiyani hibsga olindi

Armaniston sobiq prezidentining jiyani hibsga olindi


Armanistonda sobiq prezident Serj Sargsyanning jiyani hibsga olindi, deya Meduza xabar bermoqda.

Sargsyanning jiyani qotillik sodir etishga urinishda ayblangan. 2018-yil iyunda jabrlanuvchining prokuraturaga arz qilganidan keyin jinoiy ish ochilgan.

Serj Sargsyan 2008-yil 19-fevralda prezidentlik lavozimiga saylangan. 2018-yil muxolifatchi Nikola Pashinyan boshchiligidagi ommaviy noroziliklar tufayli iste’foga chiqqan.

Iyun oyida Sargsyanning qarindoshlari noqonuniy tadbirkorlik va hujjatlarni soxtalashtirishda ayblangan. Sobiq prezidentning ukasi Levon Sargsyanga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Bundan tashqari, Sargsyanning sobiq tansoqchisiga nisbatan ham jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2018, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют