» » Foto: Yerevanda bosh vazirga qarshi mitingga 35 ming kishi chiqdi

Foto: Yerevanda bosh vazirga qarshi mitingga 35 ming kishi chiqdi


22-aprel kuni Armaniston poytaxti Yerevanda 17-aprel kuni bosh vazir etib saylangan mamlakat sobiq prezidenti Serj Sargsyanga qarshi miting bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Meduza.

Politsiya hisob-kitoblariga ko‘ra, unda 35 ming, muxolifat hisob-kitobi bo‘yicha esa — 160 ming kishi qatnashdi. Ushbu miting namoyishchilar iqtisodiyotni samarasiz tarzda boshqarishda ayblayotgan Sargsyanga qarshi aksiyaning o‘n kuni mobaynidagi eng ommaviysi bo‘ldi.

Bosh vazirga qarshi aksiyaga parlament deputati, “Yelk” muxolifat fraksiyasi rahbari Nikol Pashinyan boshchilik qildi. 22-aprel kuni Sargsyan bilan muvaffaqiyatsiz muzokaralardan so‘ng u politsiya tomonidan qo‘lga olingan va noqonuniy ommaviy yig‘inlarni tashkillashtirishda ayblangan edi. Pashinyan hibsga olinganidan keyin Yerevandagi namoyishlar ko‘lami yanada ortdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют