» » Navoiyda buxorolik erkakka tegishli Lacetti avtomobili yonib ketdi (foto)

Navoiyda buxorolik erkakka tegishli Lacetti avtomobili yonib ketdi (foto)


Navoiy viloyati IIB YoXBga 2-iyul kuni soat 12:00 da Karmana tumani hududidan o‘tuvchi M-37 yo‘lida yong‘in yuz bergani haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda viloyat IIB YoXB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.

O‘t o‘chiruvhcilar tezda hodisa joyiga yetib borib, yong‘inni o‘chirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi fuqaro D.N. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomobil Karmana tumani hududidan o‘tuvchi M-37 yo‘lining 150 kilometrida harakatlanib ketayotgan vaqtida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in oqibatida Lacetti rusumli avtomobil butunlay yonib zararlangan.

Yong‘inga avtomobilning elektr simlarida qisqa tutashuv sabab bo‘lgani aniqlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2018, 13:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют