» » Andijonda dengiz sathidan 850 metr balandlikda joylashgan ilk sihatgoh foydalanishga topshirildi

Andijonda dengiz sathidan 850 metr balandlikda joylashgan ilk sihatgoh foydalanishga topshirildi


Andijon viloyati hududida dengiz sathidan 850 metr balandlikda joylashgan “Xonobod” sihatgohi foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Mazkur sihatgoh Shavkat Mirziyoyevning tegishli topshirig‘iga asosan, juda qisqa fursatlarda barpo etildi. Qurilish va obodonlashtirish ishlariga 800 nafardan ortiq ishchi-xodim va mutaxassislar jalb etilgani, kerakli materiallar o‘z vaqtida yetkazib berilgani tufayli viloyatda ko‘rkam majmua qad rostladi. Barcha tashkiliy chora-tadbirlar GM Uzbekistan tomonidan amalga oshirildi.

Sihatgohning umumiy maydoni 10,5 gektardan iborat. Bu yerda maroqli hordiq chiqarish uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo etilgan. Xususan, zamonaviy sport maydonlari, suv havzalari, internet tizimi, bolalar maydonchalari dam oluvchilar ixtiyorida.

Eng so‘nggi zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlangan muassasa yuqori va quyi nafas organlari, harakat-tayanch, asab tizimi kasalliklarini davolashga ixtisoslashtirilgan. Bu yerda 130 dan ortiq malakali xodim mehnat qilib, bir vaqtning o‘zida 200 nafar kishi sog‘lig‘ini tiklash imkoniyati mavjud.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2018, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют