» » O‘zbekiston "Qo‘lyozmalar va tarixiy hujjatlar" xalqaro konferensiyasiga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston "Qo‘lyozmalar va tarixiy hujjatlar" xalqaro konferensiyasiga mezbonlik qiladi


Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari Sh.Umarov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 1—10-iyul kunlari ishchi tashrif bilan Malayziyada bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Mamlakat delegatsiyasi a’zolari safar doirasida II “Qo‘lyozmalar va tarixiy hujjatlar” xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi.

Xalqaro arab ilmiy-tadqiqot forumi bilan Malayziyaning Islom fanlari universiteti hamkorligida tashkil etilgan anjumanda dunyoning 20 dan ortiq davlatidan kelgan yetakchi ekspertlar, olimlar, ilmiy tadqiqotchilar qatnashdi. Unda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari Sh.Umarov “O‘zbekistonda qo‘lyozmalarni o‘rganishga bo‘lgan e’tibor” mavzuida ma’ruza qildi. Tadbir doirasida taqdimoti o‘tkazilgan “Imom Buxoriy ta’rifi” va “Qo‘lyozmalar katalogi” mavzuidagi ilmiy izlanishlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Konferensiya doirasida Malayziya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Kuvaytdagi yetakchi ilmiy markazlar bilan tarixiy asarlar va shaxslar hayotini o‘rganish, tadqiq qilish sohasida qator kelishuvlarga erishildi. Navbatdagi “Qo‘lyozmalar va tarixiy hujjatlar” xalqaro konferensiyani O‘zbekistonda o‘tkazishga kelishib olindi.

Shuningdek, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillaridan iborat delegatsiya a’zolari Malayziyaning bir qator ta’lim muassasalarida bo‘lib, uchrashuvlar o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida qo‘shma anjuman va seminarlar tashkil qilish orqali islom ilmiy merosini o‘rganish, o‘qituvchi va talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yish hamda kadrlar tayyorlash sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2018, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 116) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют