» » NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari nimalarga sarflandi?

NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari nimalarga sarflandi?


Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha parlament komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Parlament komissiyasi tomonidan hududlarda O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonuni va Prezidentning 2018-yil 4-maydagi “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalarning joylarda bajarilishini o‘rganish maqsadida tadbirlar tashkil etildi.

Bu tadbirlar davomida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirishdagi, davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik maslahat organlari faoliyatidagi ishtiroki o‘rganildi.

Hududlarda NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini mulkiy, axborot, maslahat, tashkiliy va o‘quv-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar o‘rganib chiqildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan Bolalarni va oilalarni qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limiga markaz tashkil etish uchun “nol” qiymatda bino va 2015-yilda 100 million so‘m, 2017-yilda 43 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

Buxoro viloyatida 2017-yilda 6 ta NNTga 400 million so‘mlik mulkiy yordam ko‘rsatilgan. Navoiy viloyatida 2018-yilda 4 ta NNTga 180 million so‘m mablag‘ berilgan. Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan Boyovut tumani nogironlar jamiyatiga 16,5 gektar yer, Yangiyer ko‘zi ojizlar jamiyatiga shahar hokimligi binosidan 2 ta xona, Xorazm viloyatida “VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasining Urganch, Gurlan tumanlari kengashlari faoliyati uchun binolar ajratilgan.

2018-yilda e’lon qilingan davlat grantining 3-, 4-tanlovlari mavzulari va asosiy yo‘nalishlari, ularda ishtirok etish shartlari va talablari, grant loyihalarini tayyorlash, hisobotlarni taqdim etish masalalari yuzasidan Parlament komissiyasi a’zolari tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.

Yig‘ilishda O‘zbeksiton elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining 2017-yil yakunlariga bag‘ishlangan hisoboti eshitildi. Assotsiatsiya hamda 17 ta nodavlat radiostansiyalarning qo‘shma loyihasi hisoblangan loyiha doirasida 944 ta “O‘zbekiston online” informatsion dasturi tayyorlangan. Ushbu radioeshittirishlarga ijodiy guruhlar tomonidan tayyorlangan 6 ming 708 reportaj, 472 xabar, shuningdek, 1 ming 378 shu kabi janrdagi radiomahsulotlar joylashtirilgan.

OAV vakillari ishtirokida davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida 150 dan ortiq “Mening ovozim: xalq bilan muloqot” tok-shousi, shuningdek, Ijtimoiy media-mahsulotlar milliy festivali, “Ozod yurt to‘lqinlari”, “Jurnalistlar bahori – 2017” media-festivallari o‘tkazildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining 2017-yil yakunlari bo‘yicha hisoboti eshitildi. Uyushma tomonidan OAV xodimlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Oltin qalam” XII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov o‘tkazilgan. Tanlovda 530 nafar jurnalist 9 ming 500 dan ortiq ijodiy ishi bilan qatnashgan. Ular orasidan 18 jurnalist tanlov g‘olibi va sovrindori bo‘ldi.

Parlament komissiyasi a’zolari O‘zbekiston nogironlar jamiyatiga ajratilgan davlat subsidiyasi doirasida 2017-yilda bajargan ishlari bo‘yicha hisobotni ko‘rib chiqib, jamiyat faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiyaviy qaror qabul qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2018, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют