» » O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Qo‘yliq bozoridagi yollanma ishchi xotin-qizlar bilan uchrashdi (foto)

O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Qo‘yliq bozoridagi yollanma ishchi xotin-qizlar bilan uchrashdi (foto)


Toshkent shahrida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi hamkorligida yollanma ishchi xotin-qizlar muammolarini o‘rganish bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda viloyatlardan ish qidirib Toshkent shahriga kelgan xotin-qizlarni bandligini ta’minlash, ularning muammolarini hal etish maqsadida “Qo‘yliq” bozori atrofidagi norasmiy yollanma ishchilar to‘plangan joylarda bir martalik ish qidirib chiqqan xotin-qizlarning har biri bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Dastavval barcha yig‘ilgan xotin-qizlarga umumiy tushuncha va ma’lumotlar berilgach, har bir viloyatdan kelgan xotin-qizlarni alohida xonalarga jalb qilinib, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva barcha bilan birma-bir suhbatlashdi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nurmanova Mukarramning ma’lumotlariga qaraganda, mazkur sayyor qabulda mamlakatning barcha viloyatlaridan xotin-qizlar ishtirok etmoqda.

Hozircha O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Bizning jamiyatda har bir ayol davlat himoyasidadir!” shiori ostida viloyatlardan ish qidirib Toshkent shahriga kelgan xotin-qizlarni bandligini ta’minlash, ularning muammolarini hal etish maqsadida “Qo‘yliq” va “Chorsu” bozorlari atrofidagi norasmiy yollanma ishchilar to‘plangan joylarda bir martalik ish qidirib chiqqan xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan mazkur sayyor qabullar davomli tarzda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2018, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют