» » O‘zbekistonda eng ko‘p o‘rtacha ish haqi Toshkentda, eng kami esa Namanganda qayd etildi

O‘zbekistonda eng ko‘p o‘rtacha ish haqi Toshkentda, eng kami esa Namanganda qayd etildi


2018-yil yanvar—iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori miqdori Toshkent shahrida qayd etildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Poytaxtda o‘rtacha oylik ish haqi miqdori 2 252,1 ming so‘mni tashkil etdi. Bu respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 140 foizga ko‘p.

Navoiy viloyatida bu miqdor 2 153 ming so‘m (133,8 foiz), Toshkent viloyatida esa 1 768,5 ming so‘mga (109,9 foiz) teng bo‘ldi.

Bu ko‘rsatkich Namangan viloyatida 1 263,3 ming so‘mni (78,5 foiz), Samarqand viloyatida 1 273,6 ming so‘mni (79,2 foiz) tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan eng past ko‘rsatkich qayd etildi.

Statistika qo‘mitasining tahliliga ko‘ra, 2018 yil yanvar—iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 609,1 ming so‘mni tashkil etdi.

Bunda ish haqiga ustama, mukofot, rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to‘lovlar kiritilgan. Shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urta va kasaba uyushmasiga to‘lovlar ham mavjud.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2018, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют