» » Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish yuzasidan Prezident qarori qabul qilindi

Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish yuzasidan Prezident qarori qabul qilindi


O‘zbekiston aholini mehnat faoliyatiga jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yangi ish o‘rinlarini tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirishga doir “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining 16-iyuldagi “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida qayd etilgan.

Qarorga muvofiq, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi uchun 2018-yilda Respublika budjetiga qo‘shimcha tushumlar hisobiga 150 milliard so‘m ajratiladi, 2019-yildan boshlab esa budjet parametrlarida 300 milliard so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha mablag‘lar ajratish nazarda tutiladi.

Shuningdek, 2018-yil 15-iyuldan boshlab Mehnat organlari xodimlarining mehnatini rag‘batlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish manbalari Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasining Mehnatni rag‘batlantirish jamg‘armasiga ajratmalari hajmlarining 5 foizdan 10 foizgacha oshirilishi hisobiga kengaytiriladi.

Qaror asosida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining davlat muassasalari shaklida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida yangi ish o‘rinlari tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘armalarini ashkil etiladi.

Hududiy jamg‘armalarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

Hududiy jamg‘armalar daromad qismi bo‘yicha barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etiladi, bo‘shab qolgan mablag‘lar hududiy jamg‘armalarning asosiy vazifalarini amalga oshirishga yo‘naltiriladi.

Qarorga ko‘ra, birinchi marta mikrokredit olgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uni olgan sanadan boshlab 6 oy mobaynida qat’iy belgilangan soliq to‘lashdan ozod etiladi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar 3 tonnadan ortiq yuk ko‘taruvchi avtomobil transportida yuklarni eng kam ish haqining 2 baravari miqdoridagi stavka bo‘yicha tashish xizmatlaridan har oyda olinadigan qat’iy belgilangan soliq to‘laydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2018, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют