» » Innovatsion tadqiqotlar milliy tanlovi e‘lon qilindi

Innovatsion tadqiqotlar milliy tanlovi e‘lon qilindi


Taraqqiyot strategiyasi markazi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, BMT Tapaqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti bilan hamkorlikda Innovatsion tadqiqotlar milliy tanlovi e’lon qilindi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryoga” xabar berdi.

Tanlov 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlarida belgilangan asosiy vazifalarning amalga oshirilishiga xizmat qiluvchi innovatsion yechimga ega tadqiqot loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

Tanlovning 15 nafar g‘olibiga (har bir yo‘nalish bo‘yicha kamida 3 tadan) o‘z tadqiqotlarini amalga oshirishlari uchun 20 million so‘mgacha bo‘lgan grant mablag‘lari taqdim etiladi.

Arizalar tadqiqotchi yoki tadqiqotchilar guruhi (3 nafargacha) tomonidan 2018-yilning 15-iyulidan 15-avgustiga qadar http://research.strategy.uz/ veb-sayti orqali onlayn qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumotni http://research.strategy.uz/ saytidan olish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2018, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют