» » Sherzod Qudratxo‘jayev suhbatdan a’lo baho olgan abituriyentlarning ayrimlarini qayta savol-javob qildi

Sherzod Qudratxo‘jayev suhbatdan a’lo baho olgan abituriyentlarning ayrimlarini qayta savol-javob qildi


Inha universitetida OAV ekspertlar guruhi abituriyentlar bilan yuzma-yuz suhbat qilib, ularni ko‘rsatilgan me’yorlar bo‘yicha baholab bormoqda. Jurnalistlar suhbatidan a’lo baho olib chiqqan abituriyentlarning ayrimlarini universitet rektori Sherzod Qudratxo‘jayev qayta imtihon qildi, deb yozadi O‘zA.

Qudratxo‘jayev 21 ball olgan abituriyentni qayta savol-javob qilgach, uning bilimiga ishonch hosil qildi va uning bilimini 24 ballga baholadi.

Imtihonlar ochiq eshiklar, videokameralar nazoratida o‘tmoqda. Kuzatishni istagan jurnalistlarga to‘sqinlik yo‘q.

Inha Universitetining kirish zalida abituriyentlarning ota-onalari konditsionerli salqin sharoitda farzandlarining imtihon topshirish jarayonini kuzatib bormoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2018, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют