» » Ikki kun ichida salkam 200 nafar chet ellik O‘zbekistonga elektron viza uchun ariza berdi

Ikki kun ichida salkam 200 nafar chet ellik O‘zbekistonga elektron viza uchun ariza berdi


O‘zbekistonga kirish uchun elektron vizalar tizimi — e-visa.gov.uz ishga tushganidan so‘ng ikki kun davomida 28 davlatning 196 nafar fuqarosidan murojaat kelib tushdi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov “Gazeta.uz”ga ma’lum qildi.

Eng ko‘p arizalar AQSh (33), Buyuk Britaniya (30) va Xitoy (26) fuqarolaridan kelib tushdi.

Polsha va Hindiston fuqarolari 14 tadan ariza bergan.

Shuningdek, Ispaniya (9), Kanada (8), Fransiya va Niderlandiya (7 tadan), Germaniya, Irlandiya va Italiya (5 tadan), Belgiya va Portugaliya (4 tadan), Vengriya, Shveysariya va Avstraliya (3 tadan), Avstriya, Bolgariya, Daniya, Xorvatiya va BAA (2 tadan) fuqarolari ham murojaat qilgan.

Latviya, Litva, Makedoniya, Norvegiya, Shvetsiya va Saudiya Arabistonidan bir nafardan fuqaro ariza to‘ldirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2018, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют