» » O‘zbеkiston bo‘ylab Uzcard pos-tеrminallar UnionPay kartalarini qabul qilmoqda

O‘zbеkiston bo‘ylab Uzcard pos-tеrminallar UnionPay kartalarini qabul qilmoqda


Uzcard O‘zbеkiston bo‘ylab Uzcard pos-tеrminallar UnionPay kartalarini qabul qilinayotganini ma’lum qildi.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘yicha UPI kartalariga xizmat ko‘rsatuvchi terminallar tarmog‘i o‘rtacha 150 000 tani o‘z ichiga oladi. Shu bilan bir qatorda, aytib o‘tish joizki, bugungi kunda O‘zbekistonning bir qancha banklari UnionPay International xalqaro to‘lov tizimining ishtirokchilari hisoblanishadi. Mazkur loyihaning kelajakdagi rivoji UZCARD banklararo to‘lov tizimi hamda UnionPay International xalqaro to‘lov tizimi o‘rtasidagi kompleks hamkorligi yo‘lida muhim strategik qadam bo‘lib xizmat qiladi.

2015-yil malumotlariga ko‘ra, UnionPay International to‘lov kartalari dunyoning 150 dan ortiq mamlakatida qabul qilinadi, xususan, 1,1 million bankomat va 12 million kommersantlarda. Kartalarning birlashgan emissiyasi 5 milliard dan ortib ketdi, bu ko‘rsatkichlar natijasida UnionPay boshqa to‘lov tizimlarini ortda qoldirib, birinchi o‘ringa chiqib oldi.

“Savdo nuqtalarining egalari diqqatiga: qo‘shimcha ma’lumot uchun sizga xizmat ko‘rsatayotgan bankingizga murojaat qiling!”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2018, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют