» » 1-avgustdan aholiga yetkazib beriladigan suyultirilgan gaz narxi oshadi

1-avgustdan aholiga yetkazib beriladigan suyultirilgan gaz narxi oshadi


Joriy yilning 1-avgustidan aholiga beriladigan bir kilogramm suyultirilgan gaz barcha hududlar uchun bir xil — 800 so‘m etib belgilanmoqda, deb yozadi UZ24.

Ayni paytda 1 kilogramm suyultirilgan gaz Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 720 so‘m, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida 700 so‘m, qolgan hududlarda esa 500 so‘mdan yetkazib berilyapti.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunda respublikadagi 6 million 143 ming iste’molchiga gaz yoqilg‘isi yetkazib berilmoqda. Shundan 3 million 300 mingta uy-joy, 83 mingga yaqin ulgurji iste’molchi, 2 million 760 ming aholi xonadonlari suyultirilgan gaz bilan ta’minlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2018, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют